
“Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida Geoaxborot tizimlarini (GAT) qoʻllash” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
“Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida Geoaxborot tizimlarini (GAT) qoʻllash” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Oʻzbekiston geologlari milliy qoʻmitasi bilan hamkorlikda Geologiya fanlari universitetida “Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida Geoaxborot tizimlarini (GAT) qoʻllash” mavzusida seminar tashkil qilindi.
Seminarda ESRI kompaniyasining Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi davlatlari bilan hamkorlik qilish boʻyicha vakili va Data+International texnik ekspertlari tomonidan togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida ArcGIS GAT tizimlari vositasida turli muammolarni hal etish yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan mavzularda muhokamalar o‘tkazildi.