Geologiya vazirligi korxonalari uchun ishlash fanlari bo’yicha o’quv seminari
Kon-geologiya vazirligi tizimidagi tashkilot hamda korxonalarda ijro intizomiga mas’ul xodimlar uchun trening o‘tkazildi
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan ijro-intizomiga mas’ul tuzilmalar mas’ul xodimlari uchun seminar-trening tashkil qilindi.
Shuningdek, treningda hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratish, O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini, Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyish, rayosat yig‘ilishi bayonlari va boshqa normativ hujjatlardagi topshiriqlarni belgilangan muddatlarda, to‘laqonli va sifatli taʼminlash hamda ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan barcha darajadagi rahbar va mutaxassislarning shaxsiy masʼuliyati va javobgarligini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Seminar-treningda interaktiv usulda arxiv hujjatlari, elektron hujjat almashinuvi, tizim tashkilotlarida kuzatilayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish, o‘zaro samarali hamkorlik o‘rnatish borasida savol-javoblar tarzida fikr almashildi.