«GeoVizov» II Xalqaro geologiya chempionati 2024 yil

«GeoVizov» II Xalqaro geologiya chempionati 2024 yil

Geologiya fanlari universiteti vakillari «GeoVizov» II Xalqaro geologiya chempionatida yaxshi natija qayd etdi

Boshqirdiston respublikasining Ufa shahrida «GeoVizov» II Xalqaro geologiya chempionati yakuniga yetdi. Bu yilgi musobaqada dunyoning 11 mamlakatidan, jumladan Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Gruziya va boshqa davlatlardan 29 ta jamoa ishtirok etdi.
O‘zbekiston geologlari milliy qo‘mitasi ko‘magida Geologiya fanlari universiteti talabalari nufuzli tanlovda ilk bor qatnashishlari uchun juda yaxshi natijalarga erishdilar.

“Uchquduq” mezbon jamoalarda keyin eng yaxshi natija ko‘rsatib, xalqaro miqyosda Qozog‘iston va Xitoy jamoalarini ortda qoldirgan holda 1-o‘rinni egalladi.

Chempionatda jamoalar jami 11 ta musobaqada bellashdilar: 6 ta kameral (“Geologik kesim”, “Mineralogiya va petrografiya”, “Paleontologiya”, “Geokimyo”, “Geologik bilimlarni test sinovlaridan o‘tkazish”, “Neft va gaz”) va 5 ta dala mashqlari (“Geologik marshrut”, “Shixtovkalash sinovlari”, “Radiometriya”, “Gidrogeologiya”, “Dala sharoitida to‘xtash joylarini tashkil etish va xavfsizlik choralarini ko‘rish”) yo‘nalishlarida bahs olib borildi.